Yangiliklar
512
18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bayroq – hurlik, ezgulik, tinchlik, millatning buyuklik timsolidir. 

Shu sabab ham xar yurtning o‘g‘il - qizlari, dunyo xalqlari o‘z bayroqlarini muqaddas ramz sifatida qadrlaydi va uni asrab avaylaydi.

O‘zbekiston bayrog‘i - barchamiz uchun qadri baland, yuksak hurmat va e’zozga munosib davlatimiz ramzidir.

Yurtning xar bir fuqarosi Xalqaro yutuqlarni qo‘lga kiritganda, bayroqni boshi uzra ko‘tarib o‘z mehr muhabbatini izhor etadi.

Bayrog‘imiz jahonning nufuzli tashkilotlarida, mamlakatimizning davlat ahamiyatiga molik ob’yektlarida hilpirab turadi.

Shunday ekan yurt bayrog‘ini asrab avaylashimiz, millatning or nomusi sha’ni sifatida ardoqlashimiz kerak.

Bayrog‘imiz qabul qilingan kunga bugun 29 yil bo‘ldi. "Agrobank" ATB jamoasi yurtdoshlarimizni shu sana munosabati bilan qutlaydi.

Davlatimiz timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz yuksak yuksaklarda mag‘rur hilpirab turaversin.