Yangiliklar
595
Bayramingiz muborak bo‘lsin yurt o‘g‘lonlari

Bayramingiz muborak bo‘lsin yurt o‘g‘lonlari

Mard va jasur, sodiq va sadoqatli yurt o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz.

Avvalo, mana shu qutlug‘ ayyomda yurt tinchligi yo‘lida doimo hushyor va sergak turib, yurtimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan harbiylarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

O‘z hayotini yurt taraqqiyoti, el tinchligi va sarhadlarimiz dahlsizligini himoya qilishdek eng ulug‘ va sharafli ishga bag‘ishlagan ona-Vatanimizning mard va jasur himoyachilariga mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, fayz-baraka va baxt-saodat tilaymiz.

Hurmat bilan, "Agrobank" ATB jamoasi