Yangiliklar
982

Bank jamoasi umumxalq hasharida faol ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan 2021 yil 13 mart kuni mamalakatimiz bo‘ylab “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazmoqda.

Mazkur umumxalq hasharida “Agrobank” ATB xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Bankning Bosh ofis, viloyat boshqarmalari va hududlardagi filiallari jamoalari  “Navro‘z”  umumxalq bayramini munosib kutib olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, bankning ichki va tashqi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarni qo‘shishdi.

Hashar doirasida hududlarni obod va ko‘rkam qilish maqsadida turli gul va manzarali, mevali ko‘chatlari ekildi.