Yangiliklar
900
BANK BOSHQARUVI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

BANK BOSHQARUVI YoSHLAR BILAN UChRASHDI

Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari, ertangi kunimiz egalari o‘g‘il-qizlarimizga bugun har qachongidan ham yuksak e’tibor, ehtirom bilan barcha shart-sharoitlarni yaratish yo‘lida ulkan ko‘lamdagi islohotlar olib borilmoqda.
  
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 25 dekabr kuni “O‘zbekiston Yoshlar Forumi”dagi O‘zbekiston yoshlari bilan uchrashuvi tarixiy voqeaga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas.

Mazkur uchrashuvda barcha darajadagi hokimlar, vazirlar va mas’ul rahbarlarga yoshlar bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda yo‘lga qo‘yishi, yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgandi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib “Agrobank” ATB Boshqaruvi raisi Rustam Mamatqulov bank yoshlari bilan muloqotda bo‘lib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, yo‘l qo‘yilgan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi va mijozlarga bank xizmatlarni ko‘rsatishda sifat va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yoshlar Forumi” va Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda faol bo‘lishga undadi. 

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan mazkur uchrashuvda bank rahbariyati yoshlarining orzu-istaklari, ijtimoiy muammolari, bankning istiqboldagi vazifalari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Yoshlar bilan uchrashuvlarni doimiy tarzda o‘tkazib borilishiga kelishib olindi.

Bankning Bosh ofis, viloyat boshqarmalari va tuman filiallari yoshlari uchrashuvi karantin talablari asosida videokonferensiya tarzda “VKS” platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati