Yangiliklar
486

Bank Boshqaruvi tabrigi

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni, Sizlar orqali o‘zining borlig‘ini, bor bilim va tajribasini yosh avlodlar baxtu kamoli yo‘lida safarbar etib kelayotgan sharafli va mas’uliyatli soha fidoyilarini “Ustoz va murabbiylar” kuni bilan bank Boshqaruvi nomidan samimiy tabriklayman.

Hech shubhasiz, ustoz, muallim, murabbiylar barchamiz uchun eng yaqin va qadrli insonlardir. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi.”, -degan so‘zlari fikrimizning yaqqol tasdig‘idir.

Aytish mumkinki, fidoyi, zahmatkash ustoz-murabbiylar shogirdlariga bilim berish barobarida, ular qalbiga mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini ham singdirib boradi. 

Yuksak natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida ham ustoz va murabbiylarning zahmatli mehnatlari mujassam ekanligi hech kimga sir emas.

Taraqqiy etib borayotgan hozirgi zamonda har tomonlama yetuk yosh kadrlar kasbiy mahoratini oshirib borishda ustozlarning roli va o‘rni muhim ahamiyatga ega.

O‘tgan qisqa davr ichida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishgan yutuqlarimiz zamirida ham siz aziz ustozlarning va Sizlar tarbiyalayotgan faol, fidoiy xodimlarimiz faolligidan deb bilaman.

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Siz azizlarni va sizlar orqali yurtimizning barcha ta’lim sohasi fidoyilarini “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Doimo shogirdlar va el-yurt ardog‘ida bo‘ling, qadrli ustozlar!

“Agrobank” ATB Boshqaruvi raisi Rustam Mamatqulov