Yangiliklar
907
Bank Boshqaruvi Paxtakor tumani yoshlari bilan muloqotda bo‘ldi

Bank Boshqaruvi Paxtakor tumani yoshlari bilan muloqotda bo‘ldi

Avval, xabar berganimizdek, "Agrobank" ATB Boshqaruvi  joylarda Yoshlarga oid davlat siyosatini olib borishda va bu borada ijobiy munosabatini yanada mustahkamlash maqsadida yoshlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib kelinmoqda.

Mana shunday ochiq muloqat Paxtakor tumani hokimli hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohatlarda yoshlarning ishtiroki, ularga munosib shart-sharoit yaratish, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar egallashlari, ilmiy izlanishlar olib borishlari uchun keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da birgina tuman yoshlari bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yoshlar daftari”ga 445 nafar yoshlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, “Har bir yoshga-bir gektar” tamoyili asosida yoshlarga yer ajratilgan. Shu kunga qadar 192 nafar yoshlar doimiy ishga joylashtirilgan va 24 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan. Tijorat banklari tomonidan 215 nafar yoshga 5588 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Muloqat davomida yoshlarning taklif va muammolari eshitilib zarur chora tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir so‘ngida bank Boshqaruvi tomonidan ayollarga tikuv mashinalari hamda “100 kitob loyihasi” asosida yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.