Yurtimizning istalgan hududiga bormang, tadbirkor ayollar ko‘p. Bu safargi manzil — Sirdaryoda ham shunga guvoh bo‘ldik. Hududdagi tadbirkor ayollarning biri xotin-qizlar salomatligiga qayg‘urib, fitness klub tashkil etgan bo‘lsa, yana biri 10 ming dona broyler jo‘ja parvarishlab daromad ko‘ryapti. Uy-bog‘cha, tikuvchilik va qandolatchilik hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishdagi tadbirkorlik turlari ham shular sirasidandir.
Ushbu ishlarning barchasining tashabbuskorlari — ayollar. Keng imkoniyatlar yaratilgan tadbirkorlik yo‘nalishlaridan opa-singillarimiz ham munosib foydalanishmoqda, deyish mumkin.
Agrobank ham mazkur loyihalarning amalga oshishi uchun yaqindan ko‘maklashib, moliyaviy qo‘llab-quvvatlab keladi.
Bank matbuot xizmati, Sirdaryo viloyati bo‘ylab mijozlar kayfiyati, tadbirkorlik subektlari faoliyatini yana bir bor ko‘zdan kechirdi: ajratilgan mablag‘lar allaqachon tayyor mahsulot va yangi ish o‘rinlariga yaratuvchi dastakka aylanib ulgurgan!