Yangiliklar
909

“Agrobank” ATB 2020 - yil 24 - dekabr kuni soat 10:00 da bankning Bosh ofisida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2020 - yil 24 - dekabr kuni soat 09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.

Manzil: Toshkent shahri Muqimiy ko‘chasi 43-uy. 
e-mail: 
senbum@agrobank.uz.

KUN TARTIBI:

  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
  3. Bank Kuzatuv kengashi a’zosi Abdullayev Shuxrat Sagdullayevichning vakolatini muddatidan ilgari tugatish.
  4. Edvin Kornelius (Edvin Kornelius)ni bank Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish.
  5. Bankning 2019 - moliyaviy yil yakuni bo‘yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobotini tasdiqlash.
  6. Bankning 2019 - yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash.
  7. 2019 - yil yakunlari bo‘yicha bankning imtiyozli aksiyalariga dividend to‘lash to‘g‘risida.
  8. Bankning e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.
  9. Bank Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.

Ushbu umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart!
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot va hujjatlar bilan mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar bankning Bosh ofisida soat 10:00 dan 16:00 gacha tanishishingiz mumkin

Ma’lumot uchun telefon:  (78) 150-85-12.

“Agrobank” ATB Kuzatuv kengashi