
Agrobankdan O'zbekinvest bilan hamkorlikda aksiya e'lon qilamiz!
"Omadli Aprel" aksiyasi doirasida amaldagi va yangi mijozlarimizga sovg'alar ulashamiz. Sovg'alar orasida:
✅ 10 ta smartfon
✅ 5 ta planshet
✅ 5 ta televizor
⠀
Aksiyada ishtirok etish uchun bankning istalgan filialida 5 000 000 so'm va undan ortiq miqdorda milliy valyutada omonat ochish kifoya. Siz avtomatik ravishda sovrinli o'yin ishtirokchisiga aylanasiz.
⠀
Omonat ochishda har bir mijoz O’zbekinvestdan 10 000 000 so’m qiymatda sug’urta polisiga BEPUL ega bo’ladi.
Sovrinlar o'yini shu yilning 5 - may kuni o'tkaziladi va g'oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi.
Aksiya 1 - apreldan 30 - aprelgacha davom etadi.
Har bir ishtirokchi faqat bir marta g'olib bo'lishi mumkin. Bitta g'olib takroran g'alaba qozongan taqdirda, sovrin qayta o'ynaladi.
Aksiyani o'tkazish va aksiya g'oliblarini aniqlash tartibi:
- Aksiyada g'oliblarning umumiy soni 20 kishini tashkil qiladi.
- Aksiya g'oliblarini aniqlash uchun aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilarning shaxsiy ID raqamlari "Random" elektron dasturiga (tasodifiy raqamlar generatori) yuklanadi.
- Aksiya g'olibi deb, ID raqami "Random" dasturi tomonidan tanlangan aksiya ishtirokchisi hisoblanadi.
Aksiyani o'tkazish va aksiya g'oliblarini aniqlash algoritmi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
- Aksiya g'oliblarini aniqlash uchun Tashkilotchi "Random" dasturiga aksiya davomida ushbu Qoidalarning 1.8 - bandida sanab o'tilgan barcha shartlarni bajargan aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ID raqamlari ro'yxatini yuklaydi;
- Dastur g'olibni tasodifiy ravishda tanlaydi.