Yangiliklar
339

Agrobankda Islom darchasi loyihasi doirasida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizdagi yirik moliya muassasalardan biri “Agrobank” ATBning Bosh ofisida Islom darchasi bo‘yicha o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv seminarida 30 nafar bank xodimi ishtirok etdi. Tadbir davomida bank xodimlari Islomiy bankning ishlash tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
 
Ma’lumot o‘rni aytish mumkinki, jahon miqyosida Islom moliyasining jami aktivlari miqdori 2024 yilga kelib 3,96 trln dollarga yetishi kutilmoqda. Pandemiyaga qaramay, ko‘plab davlatlarda Islom moliyasiga bo‘lgan talab kundan kunga ortib boryapti. Ular orasida aholisining 90 foizdan ziyodini musulmonlar tashkil qilgan O‘zbekiston ham bor.
 
Umimiy qilib aytganda Islom darchasi an’anaviy bank xizmatlariga boshqa bir muqobil variantlarni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan tizimdir.

E’tiborli jihati “Agrobank” uchun islomiy bank xizmatlari yangilik emas. 

Ushbu o‘quv seminari ham o‘zaro do‘stona aloqalar mahsuli natijasida  “Islom taraqqiyot banki” guruh tarkibiga kiruvchi “Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyai” hamda Islom tadqiqot va o‘qitish instituti hamkorligida tashkil etildi.