Yangiliklar
513
Agrobank yoshlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Agrobank yoshlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Ekologik muhitni yanada yaxshilash, insonlar salomatligini asrash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi. 

Qarorga ko‘ra bank tizimida joriy yilning 10 dekabr kuniga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunligi” e’lon qilindi va respublika bo‘yicha jami 28780 ta tup daraxt ekilishi rejalashtirildi. 

Loyiha doirasida boshqarma va filiallarning hovlisi, bank binosi joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari, yo‘l va dala chetlariga daraxtlar ekish, boshqarma va filiallarning bino va inshootlari joylashgan maydonlarda bog‘lar barpo etish va ko‘kalamzorlashtirilishini nazarda tutgan xolda, ekiladigan daraxt ko‘chatlari turlari hududning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlab olinishi va ekishi belgilandi. 

Bundan tashqari “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda har bir xodimning ixtiyoriy ravishda o‘zining munosib hissasini qo‘shish tashabbuslari ma’qullanib, ekilgan daraxtlarni agrotexnik talablardan kelib chiqqan holda parvarish qilinishi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi va zararkunandalardan himoya qilinishi tashkil etiladi. 

Matbuot xizmati