Yangiliklar
686

AGROBANK: YoSHLAR, AYoLLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA FAOL
 
Yurtimizda  “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Albatta bu ishlarni tijorat banklari moliyaviy ko‘magisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. “Agrobank” ATB tomonidan ham shu yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalarga imtiyozli kreditlar ajratilib, intiluvchan yoshlar va tashabbuskor ayollarning muvaffaqiyatli biznes boshlab olishlarida amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan bankning Toshkent shahar filiali tomonidan ayni shu yo‘nalish bo‘yicha joriy yil davomida 642 ta tadbirkorlik sube’ktlariga 37,3 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilgan.  Buning natijasida tikuvchilik, hunarmandchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishlaridagi yuzlab loyihalar muvaffaqiyatli ishga tushirilib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishilgan. 

Bundan tashqari “Yoshlar kelajagimiz” dasturi doirasidagi loyihalarga joriy yilda bankning Toshkent shahar filiali tomonidan 5 millard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilgan. Nargiza Odilova ana shunday imkoniyatdan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yoshlardan biri. Uning go‘zallik saloni tashkil etib, yangi ish o‘rinlari yaratish loyihasi ham bank tomonidan 33 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari bilan qo‘llab-quvvatlandi. 

Yoshlar va ayollar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ushbu loyihalar muvaffaqiyati albatta yurtimiz ravnaqida o‘z aksini topishi tayin.  “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki esa istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.