Yangiliklar
764
Agrobank – yirik quvvatlar, zamonaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorlik mavzusida press–tur o‘tkazdi

Agrobank – yirik quvvatlar, zamonaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorlik mavzusida press–tur o‘tkazdi

Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlik bilan bir qatorda, yirik ishlab chiqarish korxonalari jadallik bilan rivojlanib yangi quvvatlari ishga tushirilmoqda.

Shunisi ahamiyatliki, taraqqiy etib borayotgan hozirgi jarayonda ilmiy-innovasion yutuqlardan foydalanib istiqbolli loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Shunday loyihalardan biri Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Basalt wool” MCHJ faoliyatidir. Mazkur korxona bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqaradi.

Joriy yilining 1 noyabr kuni ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu korxonaga press-tur uyushtirdi va  Agrobankning moliyaviy ko‘magi asosida ish yuritayotgan zamonaviy “Basalt wool” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur korxona faoliyatini moliyaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida bank tomonidan 41 mln Yevro miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 31 000 000 AQSH dollar bo‘lib, yiliga 32 000 tonna mineral plitalar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qurilishda ishlatiladi.

Korxona ish faoliyatini boshlashi natijasida hududdagi 95 nafar ishsiz aholi vakillari o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.

Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari korxona tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot oldilar.