Yangiliklar
2073
Agrobank yana bir yirik loyihaga start berdi

Agrobank yana bir yirik loyihaga start berdi

Bank tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishida qayta tayyorlash, xorijiy tajribalarga asoslangan eng so‘nggi zamonaviy bilimlarni berish maqsadida “O‘simliklarni himoya qilish” intensiv o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi.

3 oy davom etadigan kursda 7ta yo‘nalish:
 – entomologiya 
– fitopotologiya 
– girbologiya
– nematologiya 
– virologiya
– toksikologiya
– tuproqshunoslik bo‘yicha xorijiy tajribalar asosida bilimlar beriladi. Darslar xalqaro toifadagi mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ta’lim mutlaqo bepul, barcha xarajatlar Agrobank tomonidan qoplanadi. Kursni muvaffaqiyatli bitirganlar ish bilan ta’minlanadi.

Shoshiling! Joylar soni cheklangan. Arizalar 20 avgustga qadar @Agrolab_uzbot Telegram-boti yoki agrolab.fermermaktab.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun: 
1216 
+99895 195 80 01