Yangiliklar
1186
Agrobank: Xalqaro PLAS forumida ishtirok etdi

Agrobank: Xalqaro PLAS forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 1 iyun kuni poytaxtimizning "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida “Banklar va riteyl: raqamli transformasiya va o‘zaro hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro PLAS forum o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Rossiya Federasiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. 

Forum doirasida banking, chakana savdo, yuz biometriyasi, xalqaro to‘lovlar, axborot xavfsizligi, zamonaviy moliyaviy raqamli muhit va to‘lov sanoatini rivojlantirishga doir qator dolzarb masalalar muhokama etildi.

Forum doirasida 30 dan ortiq kompaniyalar – yetakchi xalqaro brendlar tomonidan innovasion texnologiyalar va yechimlar taqdim etildi.

Agrobank ham kartomat, smartbank va bir qator zamonaviy boshqa bank xizmatlari bilan ishtirok etdi.
 
Ushbu yirik tadbirda soha vakillariga o‘zaro tajriba almashish uchun professional platformani yaratish, yangi texnologiyalarni namoyish etish, moliya, bank va chakana savdo sohasida innovasion yechimlarni ishlab chiqish va o‘zaro xamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratdi.