Yangiliklar
662

Agrobank xalqaro kelishuvga erishdi

“Agrobank” Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporasiyasi bilan o‘zaro manfaatli kelishuvga erishdi. 

Mamlakatimiz iqtisodiyotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirilishi bank tizimining xalqaro kooperasiyasini kengaytirish va mustahkamlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratmoqda. 

Joriy yilning 23 noyabr kuni Agrobank Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporasiyasi bilan 10 million AQSH dollari miqdoridagi savdoni moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi kelishuvni imzoladi. 

Ushbu mablag‘lar tadbirkorlik sub’yektlarini islom shariati qoidalari asosida qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.