Yangiliklar
711
Agrobank: sport tadbirlari o‘tkazmoqda

Agrobank: sport tadbirlari o‘tkazmoqda                                                                                                                                                                                         

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan “Agrobank” ATB tomonidan xodimlar ishtirokida sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
 
Bank xodimlarining salomatligini yaxshilash, ishchanlik holatini oshirish va dam olish kunlarni mazmunli o‘tkazish maqsadida “Stol tennis” sport turi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida musobaqa  o‘tkazildi. 

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, bank jamoasi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda faol ishtirok etdi.