Yangiliklar
424
AGROBANK: "EMBRAS 2020" XALQARO MUKOFOT BILAN TAQDIRLANDI

AGROBANK: "EMBRAS 2020" XALQARO MUKOFOT BILAN TAQDIRLANDI 

Joriy yilning 15 yanvar kuni "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida  Central Asia Employer Brand Award mukofoti - EMBRAS 2020 sohasidagi eng yaxshi loyihalarni yillik taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirda "Agrobank" ATB "yaxshi ishlar" va "yilning yutuqlari" nominasiyalarida sovrindorlar qatorida e’tirof etildi. Bu HR sohasida yilning asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. 

 Tadbirda kompaniyalar rahbarlari va ta’sischilari, top-menejerlar, shuningdek HR rahbarlari ishtirok etdi.