Yangiliklar
665

Agrobank bog‘dorchilikni rivojlantirishda faol ish olib bormoqda

Bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha Buxoro viloyatining  Vobkent, Shofirkon, Gʻijduvon, Romitan, Buxoro  tumanlaridagi sa’y-xarakatlar bunga yaqqol misoldir. 

Xususan, bank tomonidan 2020 yilda Buxoro viloyatida 419 gektar yerga mevali bog‘lar tashkil etilgan bo‘lsa, joriy yilda 145 gektar yerga bog‘lar tashkil qilingan. Shu tashabbuslarni moliyalashtirish uchun Agrobankdan 70 milliard so‘mga yaqin kredit mablag‘i ajratilgan.

Imtiyoz asosida xalqqa ajratilgan necha yuz gektar yerlar aslida aholining yorug‘likka yuzlangan yuzi, dasturxoni to‘kinligi va albatta hududlar iqtisodiyoti barqarorligini ta’milashga xizmat qilmoqda.

- Mevali bog‘lar tashkil qilish maqsadida 2020 yilda Buxoro viloyat xokimligiga murojaat qilgandim, - deydi buxorolik tadbirkor Ismat Arslonov. - Murojaatimga asosan Buxoro tumanidan 100 gektar yer ajratib berildi. Agrobankning moliyaviy ko‘magi asosida Italiya, Turkiya davlatlaridan 124 mingdan ortiq o‘rik, olma, nok, shaftoli ko‘chatlari olib kelib ekdik. O‘tgan yili may oyida yerga ko‘chat qadagan bo‘lsak, mana joriy yilda 40 tonna maxsulot olib ichki bozorga sotdik.

Mamlakat oziq ovqat xavfsizligini ta’minglashdan boshlab, qayta ishlash, eksportdan qo‘shimcha daromadlar olishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar aynan qishloq xo‘jaligi rivoji bilan bog‘liq. 

Bu yo‘lda faol harakatlanayotgan Agrobank esa hududlar kesimida xuddi shu tarzdagi tashabbuslari bilan davom etadi.