Yangiliklar
364

Agrobank - Belarus Respublikasi rivojlanish banki bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda

Bugungi kunda “Agrobank” ATB tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatib, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kredit liniyalarni jalb qilib kelmoqda.

Mana shunday do‘stona hamkorlik natijasida 2021 yil 3 may kuni “Agrobank” ATB va OAJ “Belarus Respublikasi rivojlanish banki” o‘rtasida o‘zaro manfaatli kredit kelishuvi imzolandi. 

Mazkur kelishuv asosida avgust oyida Belarus Respublikasidan 200 dona “Belarus-80X” rusumdagi qishloq xo‘jaligi texnikasini moliyalashtirish bo‘yicha 3 mln. Yevro miqdorida kredit resurslari jalb qilindi.

Ma’lumot o‘rni aytish mumkinki, Belarus Respublikasi rivojlanish Banki 2011 yil 21 iyunda Belarus Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tashkil qilingan ixtisoslashgan moliya instituti hisoblanadi.

Ushbu Rivojlanish banki faoliyatining asosiy maqsadi davlat dasturlarini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va ijtimoiy yo‘naltirilgan investisiya loyihalarini amalga oshirishdan iboratdir.