Yangiliklar
433

Agrobank: ayollar o‘rtasida velosport musobaqasi o‘tkazdi 

Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ishchanlik qobliyatini oshirish va dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish  maqsadida “Agrobank” ATB Boshqaruvi tomonidan bir qator sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bank xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan velosport musobaqasi ham mazkur amaliy sa’y-harakatlarning amaldagi ifodasidir.

Qizg‘in bahslarga boy tarzda kechgan tadbirda soha ayollari faol ishtirok etishdi. 

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga bank Boshqaruvining esdalik sovg‘alari topshirildi.