Agrobank.uz

Agrobank tanlov e'lon qiladi!

20.12.2018

“Agrobank” ATB Bosh ofisi binosi uchun (elektr energiyasi o'chib qolganda, tovush chiqaruvchi moslama, ya'ni sms-xabar beruvchi) elektr qurilmaning “Miraj” GSM AX4-01 modelidan ikki dona xarid qilish maqsadida etkazib beruvchi firmalar o'rtasida tanlov e'lon qiladi.

Ishtirokchilar elektr qurilmaning ishlash tizimlari bilan batafsil ma'lumotga ega bo'lishlari lozim.

Tanlov komissiyasi ishchi organining manzili: Toshkent shahri Muqimiy ko'chasi 43 uy. Telefonlar: 150-53-91; 202-80-08.( ichki raqam: 11423).

Ishtirokchilar tanlov shartlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni yuqorida ko'rsatilgan manzildan yoki telefon raqamlari orqali olishlari mumkin.

Tijorat takliflari joriy yilning 24 dekabr kuni soat 12:00 gacha (konvertda korxona muhri bilan muhrlangan bo'lishi lozim) qabul qilinadi.

Bank ma'muriyati tanlovning har qanday bosqichida tanlovni bekor qilish huquqiga ega.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar