Agrobank.uz

“Аgrobank” АTB mijozlari diqqatiga!

04.10.2019


“Аgrobank” АTB mijozlari diqqatiga!

“Аgrobank” АTB Boshqaruvining 2019 yil 28 iyundagi “Bankning ayrim filiallarini birlashtirish orqali faoliyatini samarali tashkil etish toʼgʼrisidagi” 62/1-sonli hamda Markaziy bankning “Аgrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm va Fargʼona viloyatlari filiallari faoliyatini tugatishga, tugatilayotgan filiallari oʼrniga Bank xizmatlari markazlarini tashkil etishga rozilik berish toʼgʼrisida 2019 yil 18 sentyabrdagi 154/3-sonli majlis bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Qorovulbozor, Batosh, Payariq, Kattaqoʼrgʼon, Mirzaobod, Xovos, Xiva, Pitnak va Furqat filiallari faoliyati tugatilishini maʼlum qilinadi.

Filiallarni tugatish komissiyasi ushbu eʼlon chop etilgan sanadan eʼtiboran barcha daʼvolarni 2 oy muddat ichida qabul qiladi. 

Yuqorida keltirib oʼtilgan filiallar faoliyatini tugatishda vujudga keladigan noqulayliklar yuzasidan mijozlardan uzr soʼrab qolamiz.
 

Tugatiladigan filiallar manzili: 
- Qorovulbozor filiali, 200900, Qorovul bozor tumani, Bobur koʼchasi, 17 uy; 
- Batosh filiali, 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʼchasi, 3А-uy; 
- Payariq filiali, 141300, Payariq tumani, Payarik 50 yilligi koʼchasi, 4 uy; 
- Kattaqoʼrgʼon filiali, 140800, Kattaqoʼrgʼon shahri, Аmir Temur koʼchasi, 6-uy; 
- Mirzaobod filiali, 120900, Mirzaobod tumani, Navroʼz qoʼrgʼoni, Farobiy koʼchasi, 3-uy;
- Xovos filiali, 120700, Xovos tumani, Farxod-5 dahasi, Mustaqillik koʼchasi, 2-uy; 
- Xiva filiali, 220900, Xiva tumani, Doshyoq qishlogʼi 1-boʼlim; 
- Pitnak filiali, 220400, Xozarasp tumani, Pitnak shahri, S.Davidov koʼchasi, 2-uy;
- Furqat filiali, 151700, Furqat tumani, Ittifoq koʼchasi, 1-uy.
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar