Agrobank.uz

Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

27.09.2018
Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

“Agrobank” ATB Bosh ofisi tomonidan innovatsion, interaktiv va yangidan-yangi joriy etilayotgan bank xizmat turlarini keng ommaga etkazish maqsadida video va ovozli roliklarni tayyorlatish bo'yicha (yillik shartnoma tuzish asosida) kompaniya va firmalar o'rtasida tanlov e'lon qiladi. Barcha takliflar joriy yilning 5 oktyabr kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi.

Tanlov komissiyasining ishchi organi manzili: Toshkent shahri Muqimiy ko'chasi 43 uy.

Telefon: (71) 202-80-08 (ichki raqamlar: 11073, 11074). Tanlov ishtirokchilari tanlov shartlari bo'yicha ma'lumotlarni yuqorida ko'rsatilgan manzil yoki telefon raqamlari orqali olishlari mumkin.

 

Bank tanlovning har qanday bosqichida tanlovni bekor qilish huquqiga ega.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar