Agrobank.uz

“AGROBANK” ATB AKSIYaDORLARI DIQQATIGA!

28.11.2019

“AGROBANK” ATB AKSIYaDORLARI DIQQATIGA!

BILDIRIShNOMA

“Agrobank” ATB bank Kengashining 2019 yil 15 noyabrdagi 27/2-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2019 yil 28 noyabrda 1 909 292 722 (bir milliard to‘qqiz yuz to‘qqiz million ikki yuz to‘qson ikki ming yetti yuz yigirma ikki) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 2019 yil 27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agenligidan R0226-25 – son bilan ruyxatga olinganligini ma’lum qiladi.

Bir dona aksiyaning sotish narxi 1168 so‘m miqdorida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan 2019 yil 15 noyabr holatiga ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ushbu qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni o‘zlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalar soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani bankning Bosh ofisiga Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 43-uyga taqdim etish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin.

Imtiyozli huquqni amalga oshirish 2019 yilning 28 noyabridan boshlab 2019 yil 8 dekabriga qadar qo‘llanilishini ma’lum qilamiz.
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar