Agrobank.uz

Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

04.11.2019

Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

Bank xizmatlarini targ‘ib qilish va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan yutuqli aksiya g‘oliblarini taqdirlash uchun 10 (o‘n) dona mobil smartfoni hamda Bosh ofis xodimlarining ish faoliyatida foydalanish uchun 1 (bir) dona mobil aloqa vositasi sotib olish bo‘yicha korxona va tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Barcha takliflar joriy yilning 14 noyabr kuni soat 17:00 ga qadar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi.

Tanlov komissiyasining ishchi organi manzili: Toshkent shahri Muqimiy ko‘chasi 43 uy. Telefon: (71) 202-80-08 (ichki raqamlar: 11403, 11402).

Ishtirokchilar tanlov shartlari bo‘yicha ma’lumotlarni yuqorida ko‘rsatilgan manzil yoki telefon raqamlari orqali olishlari mumkin.

Bank tanlovning har qanday bosqichida uni bekor qilish huquqiga ega.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar