Agrobank.uz

Bank Boshqaruv raisi tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazadi

E'lonlar
08.08.2019

“Agrobank” ATB Boshqaruv raisi Mamatqulov Rustam Uktamovich boshchiligida Sirdaryo viloyati Guliston tumanida “Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, va ularga amaliy yordam ko‘rsatish” maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari va mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Mazkur uchrashuvda kichik biznes sub’ektlari tadbirkorlik jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, talab va takliflar yuzasidan bank Boshqaruv raisiga murojaat qilishlari mumkin. 

Uchrashuv 2019 yilning 9-avgust kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Agrobank” filiali binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Dexqonobod shaharchasi, Turkiston ko‘chasi 4-uy 

 

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar