Agrobank.uz

Bank Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazadi

08.08.2019

“Аgrobank” АTB Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari Rasulov Shuxrat G’ayratovich boshchiligida Samarqand viloyati Paxtachi tumanida “Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab-quvvatlash, va ularga amaliy yordam ko’rsatish” maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari va mijozlar bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.

Mazkur uchrashuvda kichik biznes sub’ektlari tadbirkorlik jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, talab va takliflar yuzasidan Boshqaruv raisi o’rinbosariga  murojaat qilishlari mumkin. 

Uchrashuv 2019 yilning 9-avgust kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Аgrobank” filiali binosida bo’lib o’tadi.

Manzil: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasi, M.Rayimqulov ko’chasi 10-uy.

 

 

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar