Agrobank.uz

Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

03.10.2018
Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

“Agrobank” ATB Bosh ofisi tomonidan joriy etilayotgan innovatsion, interaktiv bank xizmat turlarini keng ommaga etkazish uchun tayyorlangan infografikali hamda ovozli videoroliklarni efirga uzatish bo'yicha kompaniya va firmalar o'rtasida tanlov e'lon qiladi. Barcha takliflar korxona va tashkilot muhri bilan muhrlangan yopiq konvertda joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 17:00 ga qadar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi.

Tanlov komissiyasining ishchi organi manzili: Toshkent shahri Muqimiy ko'chasi 43 uy. Telefon: (71) 202-80-08 (ichki raqamlar: 11073, 11074).

Tanlov ishtirokchilari tanlov shartlari bo'yicha ma'lumotlarni yuqorida ko'rsatilgan manzil yoki telefon raqamlari orqali olishlari mumkin.

 

Bank tanlovning har qanday bosqichida tanlovni bekor qilish huquqiga ega.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar