Agrobank.uz

Agrobank tanlov e'lon qiladi!

05.11.2018

“Agrobank” ATB Bosh ofisi hamda Chilonzor filiali binolari isitish tizimining quvurlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun quvurlarni profilaktika nazoratidan o'tkazish maqsadida tashkilotlar o'rtasida tanlov e'lon qiladi.

Barcha takliflar joriy yilning 12 noyabr kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi.

Tanlov komissiyasining ishchi organi manzili: Toshkent shahri Muqimiy ko'chasi 43 uy. Telefon: (71) 150-53-91; (71) 202-80-08 ( ichki raqamlar: 11423).

Tanlov ishtirokchilari tanlov shartlari bo'yicha ma'lumotlarni yuqorida ko'rsatilgan manzil yoki telefon raqamlari orqali olishlari mumkin.

Bank tanlovning har qanday bosqichida tanlovni bekor qilish huquqiga ega.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar