Agrobank.uz

AGROBANK AKSIYaDORLARI DIQQATIGA!

26.02.2020

AGROBANK AKSIYaDORLARI DIQQATIGA!
“Agrobank” ATB 2020 yil 20 mart kuni soat 10:00da bankning Bosh ofisida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2020 yil 20 mart kuni soat 09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.

Manzil: Toshkent shahri Muqimiy ko‘chasi 43-uy.
Ye-mail: senbum@agrobank.uz.

KUN TARTIBI:
1.Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2.Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
3. Bankning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
4. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
5. Bankning ayrim ichki me’yoriy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida.
6. “Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “Bank Kengashi to‘g‘risida”gi, “Bank Boshqaruvi to‘g‘risida”gi, “Bank Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi, “Bank Sanoq komissiyasi to‘g‘risida”gi, “Bank Kengashi va Boshqaruvining aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida beradigan hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi, “Bankning ichki nazorat organlari bilan bank Kengashi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va aksiyadorlarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi, “Bankning manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida”gi, “Bank Boshqaruvi raisi lavozimiga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi va “Bankning dividend siyosati to‘g‘risida”gi Nizomlarini tasdiqlash.
Yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2019 yil 16 mart holatiga ko‘ra tuziladi.

Ushbu umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot va hujjatlar bilan mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar bankning Bosh ofisida soat 10:00 dan 16:00 gacha tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (78) 150-85-12.
“Agrobank” ATB Kengashi

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar