Agrobank.uz

“AGROBANK” ATB AKSIYАDORLARI DIQQATIGA!

04.06.2019

“AGROBANK” ATB AKSIYaDORLARI DIQQATIGA!

“Agrobank” ATB ma’lum qiladiki, 2019 yil 28 iyun kuni soat 10-00 da
“Agrobank” ATB Bosh ofisi binosida o‘z aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09-00 dan 10-00 gacha davom etadi.
Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy. Ye-mail: senbum@agrobank.uz.

KUN TARTIBI:
1.Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash. 
2.Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash. 
3.Bank Kengashining 2018 yil yakunlari bo‘yicha va bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish. 
4.Bank Boshqaruvining 2018 moliyaviy yil yakunlari va bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini ko‘rib chiqish
5.Bankning 2018 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan taftish komissiyasining hisoboti va xulosasini eshitish. 
6.Bankda o‘tkazilgan Korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish. 
7.Bankning 2018 moliyaviy yil yakuni bo‘yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobotini tasdiqlash hamda bank foydasini taqsimlash. 
8.Bank Kengashi a’zolarini saylash. 
9.Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash. 
10.Bankning 2019 yil faoliyatini auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish. 
11.Bank Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish
12.“Bank Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “Bank Kengashi to‘g‘risida”gi, “Bankning Boshqaruvi to‘g‘risida”gi va “Bankning Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. 
13.Bank tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar bitimlar tuzilishi mumkin bo‘lgan affillangan shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash. 
14.Aksiyadorlar tomonidan belgilangan da’vo muddatida talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qoldirish to‘g‘risida.

Yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2019 yil 24 iyun holatiga ko‘ra tuziladi.
Umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot va hujjatlar bilan bank Bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10.00 dan 16.00 gacha tanishingiz mumkin. 
Ma’lumot uchun telefon: (78) 150-85-12.

“Agrobank” ATB Kengashi

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar