Agrobank.uz

"Agrobank" ATB loyiha menejerlarinini ishga taklif etadi!

05.07.2019

"Agrobank" ATB  loyiha menejerlarinini ishga taklif etadi!

Zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini yaratish, yangi texnologiyalarni joriy etish, loyihalarni boshqarishning «Agile» uslubini joriy etish maqsadida Agrobank loyiha menejerlarini ishga taklif etadi. 

Majburiyatlar:
• Loyihani tahlil qilish, rejalashtirish va amalga oshirish;
• Dasturchilarga vazifalarini taqsimlash va jamoalar ish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
• Moliyaviy model, texnik va biznes talablarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlash;
• Loyiha bajarilishini rejalashtirish, byudjet, muddat, ish sifati va boshqa jarayonlarni nazorat qilish; 
• Loyiha hujjatlarini tayyorlash va monitoringini olib borish, loyihaviy hisobotlarni tayyorlash;
• Loyiha natijalarini baholash.

Talablar:
• Axborot texnologiyalari sohasida yuqori texnik bilimga ega bo‘lish;
• O‘zbek, Rus va Ingliz tillarini bilish;
• Microsoft Project, Word, Excel, Visio, PowerPoint dasturlaridan to‘liq foydalana olish: 
• Xush muomalali, yaxshi tashkilotchi, analitik, idrokli, mehnatevar, stressga chidamli va ma’suliyatni his qiluvchi; 
• DBMS, Veb va Mobil texnologiyalar hakida asosiy ma’lumotlarga ega bo‘lish.

Shartlar:
• Besh kunlik ish xaftasi
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishga yonlanadi;
• Mamlakatning eng yirik banklaridan birida karera qilish imkoniyati;
• Yaxshi maosh;
• Trening;
• Do‘stona jamoa va qiziqarli loyihalarda ishtirok etish imkoniyati; 

Rezyume va qo‘shimcha ma’lumotlaringizni quyidagi elektron manzilga yuboring: shakhboz@gmail.com 
Toshkent sh., Muqimiy ko‘chasi, 43-uy, Tel: +998 (78) 150-91-11
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar