
Yangi uylarga Ipoteka (birlamchi bozor)
foiz stavkasi
kredit muddati
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar:
- 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;
- Doimiy daromad manbaiga ega bo'lgan shaxslar;
- 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;
- qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzi bo'yicha o'rtacha oylik to'lovlari miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o'rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizidan yuqori bo'lmagan shaxslar;
- ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan ipoteka kreditidan qarzdorligi bo‘lmasligi hamda avval olingan kreditlar (mikroqarz, iste’mol, avtokredit va boshqalar) bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar.
Talab etiladigan hujjatlar:
- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning pasportini asl nusxasi (filial xodimi tomonidan pasportdan nusxa olinadi);
- boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi (uy-joy sotib olishda);
- qarz oluvchi bilan pudrat tashkilot o‘rtasida tuzilgan uy-joyni dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
- sotib olinadigan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; kurilish tugallanganligi to‘g‘risidagi foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va bajariladigan ishlar rejasi (Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda);
- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda–ishlangan davr uchun, biroq 4 oydan kam bo‘lmagan muddatda) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari.
Subsidiya ajratiladigan fuqarolar
Daromadi yuqori bo‘lmagan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga.
Subsidiya hisobidan kredit foizi va boshlang‘ich badalini qoplanadigan kompensasiya qismi
Sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi. Ipoteka kreditlari uchun daslabki badal barcha hududlar bo‘yicha bir hil 15% kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Boshlang‘ich badalining 10% miqdori subsidiya hisobidan qoplanadi (uy-joy qiymatining 5% fuqaro tomonidan, 10% subsidiya). - foizlar 5 yil davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlar va tumanlarida 10% miqdoridan oshgan qismini qoplab beradi (misol uchun Toshkent shahrida foiz stavka 18% bo‘lsa 8% kompensasiya qilinadi).
Qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun - kredit foizlarini qoplash uchun 5 yil davomida 10% miqdoridan oshgan qismini (misol uchun foiz stavka 18% bo‘lsa 8% kompensasiya qilinadi) qoplab beriladi.
Kreditlar bo'yicha foiz stavkasi
Kredit miqdori | 327,25 mln. so'm (Qoraqalpog'iston Respeblikasi, viloyatlar, shaharlar, va tumanlarda ) | 416,5 mln. so'm (Toshkent shahrida) |
Toshkent | 18% Yillik | |
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markaz shaharlarida | 18% Yillik | |
Qishloq joylarda | 17% Yillik | |
Boshlang'ich badal | 15% | |
Imtiyozli davri | 6 oy | |
To'lov grafigi | Annuitet yoki differensial (Mijoz xohishiga ko'ra) |
Boshlang'ich to'lovsiz ipoteka krediti olish mumkinmi?
*Kalkulyatordagi hisob-kitoblar birlamchi bo’lib, omonatning aniq shartlari bank filialida taqdim etiladi.
Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?
Online ariza rasmiylashtirish
Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting


Ofislar va bankomatlar
Eng yaqin filialni topish
