
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti
309.4mln so'mgacha
Miqdori
20 yil
kredit muddati
O'z mablag'lari hisobidan Ipoteka krediti
Fermer, dehqon xo'jaliklari va "Tomorqa xizmati" MCHJ larni kreditlash
Oxirgi yangilangan sana:
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar:
- Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovlari, yaʼni qarz yuki koʼrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʼrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʼlmasligi;
- Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining kamida 15 foiz miqdorida (boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar; ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar.
Talab etiladigan hujjatlar:
- kredit buyurtmanomasi;
- qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining (harbiy guvohnoma) nusxasi;
- qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
- yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligini tasdiqlovchi xujjat;
- pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma (Pudrat tashkiloti jalb qilgan holda qurilish, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganda)
- yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi xujjat;
- loyiha-smeta hujjatlari;
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 85 foizigacha hamda:
Qishloq joylarda – 267,75 mln. so‘mgacha;
Hududlardagi shaharlarda – 309,4 mln. so‘mgacha (Toshkent shahridan tashqari) Uy-joyning moliyaviy smeta hisob-kitobi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatdan oshib ketgan taqdirda, oshgan qismi qarzdor tomonidan to‘lanadi.
Kredit muddati - 20 yilgacha; Imtiyozli davr – 6 oy (mijoz talabiga ko‘ra) Qarz oluvchining xohishiga ko‘ra ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni annuitet yoki differensial usulda amalga oshirish huquqi beriladi
Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?
Online ariza rasmiylashtirish
Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting


Ofislar va bankomatlar
Eng yaqin filialni topish
