
Ta'lim krediti
foiz stavkasi
Valyuta
kredit miqdori
Kimlarga beriladi:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 18 avgust №527 sonli qaroriga asosan
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarga ajratiladi.
(Tabaqalashtirilgan bir martalik va sirtqi bo‘limlarda o‘qish uchun ajratilmaydi).Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarga ham ajratiladimi?
Kunduzgi (sirtqi bo‘lmagan) tarzda ta’lim olayotgan bo‘lsa ajratiladi
Kimlarga ajratilmaydi?
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
- tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov kontraktning to‘liq yoki bir qismiga;
- sirtqi (kechki) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga;
- boshqa turdagi olingan kreditlardan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud talabalarga.
Ta’lim krediti miqdori
Ta’lim shartnomasida ko‘rsatilgan miqdorda ajratiladi.Talabalar uchun o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun bir yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
- 25 foizi – har yili 15 sentabrgacha;
- 50 foizi – har yili 1 yanvarigacha;
- 75 foizi – har yili 1 aprelgacha;
- 100 foizi – har yili 1 iyulgacha ajratiladi.
Qanday hujjatlar taqdim etiladi?
- ta’lim krediti olish uchun ariza;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun shartnoma;
- kafil (doimiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar);
- sug‘urta polisi;
- mol-mulk garovi va boshqalar.
- Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oila farzandlariga kreditlar ta’minotsiz ajratiladi. Bunda bankka ushbu reyestrda ro‘yxatda turishini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
- Ushbu kreditning foiz satvkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi bilan mutanosib tarzda o'zgaradi
Kredit foizi | 14% |
---|---|
Kredit muddati | Oq'ishni tamomlagach, yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida asosiy qarz qaytariladi |
Imtiyozli davri | O'qish davri va qo'shimcha ravishda 6 oy |
Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?
Online ariza rasmiylashtirish
Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting


Ofislar va bankomatlar
Eng yaqin filialni topish
