Bank boshqaruv a'zolari Lavozimi   Qabul kuni   Qabul vaqti   Telefon   E-mail
Mamatqulov Rustam O'ktamovich Boshqaruv raisi    Juma   09.00-12.00   0-371 203-88-88    headoffice@agrobank.uz
Rasulov Shuxrat Gayratovich Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari   Har kuni    14.00-17.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz
Amanov Ilyos Sidikovich Boshqaruv raisi o’rinbosari   Har kuni   09.00-12.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz
To'rayev Azamat Shuxratovich  Boshqaruv raisi o’rinbosari   Har kuni   09.00-12.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz
Haydarov Jahongir Xoliqulovich Boshqaruv raisi o’rinbosari   Har kuni    14.00-17.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz
Kaxorov Erkin Azizjonovich Boshqaruv raisi o’rinbosari   Har kuni    14.00-17.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz
Ergashev Abdimuxtor Ergashevich Boshqaruv raisi o’rinbosari   Har kuni    09.00-12.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz
Yo'ldoshov Akrom Oblaqulovich  Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori, Boshqaruv a'zosi    Har kuni    09.00-12.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz
Saipov Jamshid Akbarovich Yuridik departament direktori,Boshqaruv a'zosi   Har kuni    14.00-17.00   0-371 203-88-88   headoffice@agrobank.uz

Fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish

Fuqarolarning bankka kelib tushgan murojaatlari ana shu organning o’zi yoki zimmasiga murojaatlarini ko’rib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs tomonidan ko’rib chiqiladi.   

Fuqarolarning murojaatlari, agar ular qo’yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan bo’lsa, uzog’i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo’natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarini ko’rib chiqishi uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan bankning mansabdor shaxslarning o’ziga jo’natish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo’natish uchun zarur ma’lumotlar bo’lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o’ziga qaytariladi.

Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona ko’rib chiqish uchun qo’shimcha axborotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo’lsa, mazkur murojaatni ko’rib chiqayotgan bankning mansabdor shaxsi qo’shimcha axborot to’plashi mumkin.

Fuqarolarning murojaatini ko’rib chiqayotgan ayrim hollarda bank tomonidan murojaatlar joyning o’zida ko’rib chiqilishi ta’minlanadi.

Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning o’zi yoki boshqa shaxs yo’qligida murojaatni ko’rib chiqishning imkoni bo’lmasa, ular bankning tegishli mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin.

Fuqarolarning murojaatlari bo’yicha qabul qilingan qarorlarni bank boshqaruvi raisi davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxs imzolaydi.

Agar ariza, taklif yoki shikoyatda bayon qilingan masalalar hal etilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, bu ish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlari

Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o’n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.

Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatan hal etishi shart bo’lgan bankka tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida, qo’shimcha o’rganishni vatekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa o’n besh kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi. 

Ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish qo’shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish muddati bank rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.

Bankka yo'llangan murojaatlar statistikasi :

Murojaatlar shakli 01.01.2020   01.01.2021   01.04.2021   01.07.2021  
pm.gov.uz sayti orqali  7 903   12 126   4 646   9 363  
Bosh prokratura ishonch telefoni orqali: 1 906   2 270   800   1 971  
Bosh vazir qabulxonasi orqali  168   522   145   500  
Yozma va og'zaki  1 536   1 555   261   694  
Jami 11 513   16 473   5852   12 228  

Ma'lumotlar har chorakda  yangilanadi. Oxirgi yangilangan sana: 15.07.2021

Qo'shimcha hujjatlar:

 

Mobil ilova Telegram-bot

"Agrobank Mobile" mobil ilovasi

  • Uzcard, Visa, Humo kartalari o'rtasida pul o'tkazish
  • Valyutani onlayn sotib oling
  • Internetda kartalar, omonatlar va hisoblarni boshqarish
Logo App Store Лого Google Play

Telegram-bot "Agrobank Bot"

  • Agrobankga murojaatlarni jo‘natish
  • Valyuta kurslarini ko‘rib chiqish
Telegram-bot