Kredit yo’nalishi:

Выделяются для финансирования объектов имеющие стратегическую значимость, ориентированным на производство экспортных или импорто-замещающих товаров, предприятиям занимающимся покупкой или производством современных производственных технологических оборудований. Приоритетными считаются проекты, ориентированные на производство экспортных или импорто-замещающих товаров.

  • Kreditlash tamoyili: muddatlilik, to’lovlilik, qaytarishlik, maqsadlilik va ta’minlanganlilik tamoyillariga asoslaniladi
  • Kreditlash shartlari: xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsion loyihalari bankning o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirilganda loyiha tashabbuskorlarining o’z ulushlari loyiha umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmasligi shart. Bunda loyihada ishtirok etmaydigan garov sifatida taqdim qilinayotgan mol-mulklar ulush sifatida e’tirof etilmaydi;
  • Kredit muddati: Loyiha pul oqimidan kelib chiqqan holda belgilanadi (5 yil ichida o’zini qoplaydigan loyihalar ustuvor hisoblanadi);
  • Foiz: Loyiha pul oqimidan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi (16%) dan kam bo’lmagan miqdorda yoki kredit liniyasi shartlaridan kelib chiqqan holda.

Investitsion loyihalarni ko’rib chiqish va amalga oshirish bosqichlari:

  1. Bank filialida dastlabki ekspertiza;
  2. Hududiy boshqarma tomonidan dastlabki ekspertiza;
  3. Markaziy apparat tomonidan yakuniy ekspertiza;
  4. Kredit qo’mitasi tomonidan yakuniy xulosa qabul qilish;
  5. Loyihani moliyalashtirish;
  6. Loyiha bo’yicha monitoring olib borish.

Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza;
  2. TIA yoki biznes reja;
  3. Korxonaning ta’sis hujjatlari;
  4. Loyihani moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan loyiha smeta hujjatlari;
  5. Moliyaviy hisobotlar;
  6. Kredit ta’minoti (Olinayotgan kredit miqdorining 125 foizidan kam bo’lmagan ko’char va ko’chmas mulk yoki qonunda belgilangan boshqa ta’minot turi);
  7. Loyiha xususiyatidan kelib chiqqan holda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin;
  8. Import shartnomasi loyihasi.

Quyidagi holatlarda investitsion kreditlar ajratilmaydi:

  1. Ustav kapitalini shakllantirishni ko’zda tutuvchi loyihalarga;
  2. Loyiha bank tomonidan yuqori tavakkalchilikka ega deb topilganda;
  3. Tayyor mahsulotlarni import qilib qayta sotish uchun savdo kompaniyalariga ishchi kapitalni shakllantirishga;
  4. Kazino va boshqa turdagi qimor o’yinlarini tashkil qilishga;
  5. Spekulyativ investitsion faoliyatga.
Mobil ilova Telegram-bot

"Agrobank Mobile" mobil ilovasi

  • Uzcard, Visa, Humo kartalari o'rtasida pul o'tkazish
  • Valyutani onlayn sotib oling
  • Internetda kartalar, omonatlar va hisoblarni boshqarish
Logo App Store Лого Google Play

Telegram-bot "Agrobank Bot"

  • Agrobankga murojaatlarni jo‘natish
  • Valyuta kurslarini ko‘rib chiqish
Telegram-bot