Respublikamizning eng yirik va universal banklaridan biri – “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Sizlarga nafaqat milliy valyutadagi hisob-kitob va boshqa xizmatlarni amalga oshirishni, balki faoliyatingizni yanada kengaytirishingiz uchun xorijiy valyutadagi xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan bir qator bank xizmatlaridan foydalanishni taklif etadi!
- Xorijiy hamkorlar va banklar bilan hisob-kitoblarni dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshirish;
-
Barcha dokumentar operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan:
- akkreditivlarni ochish va ular bo’yicha hisob-kitoblarni yuritish
- eksport akkreditivlarni qabul qilish va ularni benefitsiarga yetkazish: akkreditivlarni zarur hollarda tasdiqlab berish;
- akkreditiv bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish: eksport akkreditivlari bo’yicha qabul qilingan hujjatlarni tasdiqlovchi yoki xabar beruvchi banklarga yuborish
- trattalarni qabul qilish;
- inkasso va dokumentar inkassolarni qabul qilish va ular to’g’risida xabar berish, ular bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish;
- Kafolat xatlarini berish, qabul qilish va ular to’g’risida xabar berish;
- Yuridik shaxslar uchun milliy valyutadagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va konvertatsiya qilish.
- Tashqi savdo shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish va ularni hisobga olish, import operatsiyalarining pasportlarini rasmiylashtirish va eksport operatsiyalari bo'yicha hisob-kitoblar to'g'risidagi guvohnoma berish.
Oxirgi yangilangan sana:

