ATB "Agrobank" yuridik shaxslarni milliy valyutada bo'sh pul mablag'larini depozitga qabul qilish shartlari. Bankka joylashtirilgan depozit miqdori cheklanmagan bo'lib, shartnoma imzolanishidan oldin talab va taklifdan kelib chiqqan xolda belgilanadi. Bankka joylashtiriladigan depozit va unga xisoblanadigan foizlar belgilangan muddatlarda to'lanilishi kafolatlanadi. Bankka joylashtirilgan yuridik shaxslarning muddatli depoziti bo'yicha qoshimcha malumotni bankning G'aznachilik departamentining quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin : +998 78 150 85 12

Eslatma:

Bankning depozit sertifikati — bankka qo'yilgan depozit summasini hamda o'rnatilgan muddat tugagandan so'ng depozit summasi va sertifikatda ko'rsatilgan foizlarning sertifikat egasiga to'lanishi huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Depozit sertifikat bo'yicha foizlar xar oy to'lanadi. Depozit sertifikat muddatidan oldin ham to'lanishi mumkin. Bunda muddatidan avval to'lovni talab qilingan sertifikat bo'yicha to'lanadigan depozit summasi va foizlari depozit sertifikat chiqarish shartlariga ko'ra, sertifikat bankka taqdim etilgandan so'ng amalga oshiriladi. Bank o'z mijozlariga pul mablag'larini bankning daromadli qimmatli qog'ozlariga — depozit sertifikatlariga joylashtirishni taklif etadi.

Depozit sertifikatlarining afzaliklari

  • Mablag' qoyilgan muddat davomida o'zgarmaydigan, aniq belgilangan foyda (procent) stavkasi;
  • Huquqlarning boshqa kishilarga berish imkoniyati;
  • Sertifikat egasi bevosita bankdan yoki boshqa banklardan kredit ajratilishida sertifikatlangan garov taminoti sifatida foydalanish.
Mobil ilova Telegram-bot

"Agrobank Mobile" mobil ilovasi

  • Uzcard, Visa, Humo kartalari o'rtasida pul o'tkazish
  • Valyutani onlayn sotib oling
  • Internetda kartalar, omonatlar va hisoblarni boshqarish
Logo App Store Лого Google Play

Telegram-bot "Agrobank Bot"

  • Agrobankga murojaatlarni jo‘natish
  • Valyuta kurslarini ko‘rib chiqish
Telegram-bot