
O'simliklarni himoya qilish bo'yicha ajratiladigan kredit
Loyihaga asosan
Kredit miqdori
3-yilgacha
Muddati
22,9 %
Foiz stavkasi
3 - 6 oy
Imtiyozli davri
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit
Tadbirkorlarga milliy valyutada ajratiladigan kredit
Oxirgi yangilangan sana:
Kredit maqsadi:
- Laboratoriyalarni tashkil etish;
- Mavjud laboratoriyalarga uskuna va texnikalarni sotib olish;
- Moddiy texnik bazasini mustahkamlash;
- O‘simliklar himoyasi laboratoriyasi va biolaboratoriyalar binosini sotib olish yoki ta’mirlash;
- Aylanma mablag‘lar uchun;
- O‘simliklarni himoya qilish hamda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga ajratiladi.
Kredit oluvchi tadbirkorlik subyektlari
O‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi shuningdek, yangidan o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar. (Biolaboratoriyalar, O‘simliklar himoyasi laboratoriyalari, O‘simlik klinalari, VetAptekalar, O‘simliklarni himoya qilish xizmati va boshqalar)
Kredit to‘lov usuli
annuitet yoki differensial usulida (qarz oluvchining xohishiga ko‘ra)
Garov ta’minot
- Likvidli mol-mulk garov shartnomasi;
- Kredit qaytmaslik sug‘urta polisi;
- Uchinchi shaxs kafillik shartnomasi;
- Ajratiladigan kredit ta’minotining 50 foizigacha, biroq 10 mlrd.so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafillik shartnomasi.
Imtiyozli kredit foiz stavkalarida ajratiladi
Tadbirkorlar qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan kredit foiziga kompensatsiya qilinadi:- kredit summasi 10 mlrd soʼmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 barobaridan oshmaydigan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun foiz toʼlovlarining xarajatlari, Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 7 foiz punktidan koʼp boʼlmagan qismiga;
- ekvivalenti 10 mlrd soʼmdan oshmaydigan xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun,tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, biroq 3 foiz punktidan koʼp boʼlmagan miqdorda foizlar kompensatsiya qilinadi.
Kredit muddati | 3 yilgacha |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun | 18 oygacha |
Imtiyozli davri | 3 - 6 oy (Loyihaga asosan) |
Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?
Online ariza rasmiylashtirish
Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting


Ofislar va bankomatlar
Eng yaqin filialni topish
