
Hunarmandchilik faoliyati sub'ektlariga imtiyozli mikrokreditlar
foiz stavkasi
Kredit yo’nalishi:
“Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lgan hunarmandlarga o'zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mini-texnologiyalar, asbob-uskunalar va zarur jihozlarni xarid qilish, aylanma mablag'larni to'ldirish.
Kredit berish shartlari:
Imtiyozli mikrokreditlar “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lgan va hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga milliy valyutada ajratiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza;
- “Hunarmand” uyushmasiga a'zoligini tasdiqlovchi hujjat;
- Qarz oluvchining ishlab chiqarilayotgan buyum va tovarlar (ish, xizmatlar) turlarining xamda ularning sotilishidan tushgan pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko'rsatilgan biznes-reja;
- Qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl), (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno);
- Mikrokreditni qaytarishning ta'minlanishi to'g'risida hujjat;
Kredit maqsadi:
Mini-texnologiyalar, asbob-uskuna va zarur jihozlarni sotib olish uchun, shuningdek, aylanma mablag'larni to'ldirish uchun..
Kredit muddati va miqdori |
Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan18 oy muddatga, eng kam oylik ish xaqining 250 barobaridan oshmagan miqdorda qaytarish muddatini uzaytirish hukuqisiz beriladi. |
Foiz stavkasi |
O'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olish uchun imtiyozli mikrokreditlar bo'yicha foiz stavkalari O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining 50 foizini tashkil etadi; |
Aylanma mablag'larini to'ldirish uchun esa O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish foiz stavkasi darajasida. |
Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?
Online ariza rasmiylashtirish
Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting


Ofislar va bankomatlar
Eng yaqin filialni topish
