Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit

3 yilgacha

muddati

Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik er-xotinlarning shaxsiy mehnati va ularga yordam beruvchi oila a’zolarining mehnatiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

Oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi maqsadlar uchun mikrokreditlar beriladi::

  • chorva molini, yosh chorva mollarini, parranda, yem-xashak, aralash yemni, mineral o’g’itlarni, urug’lik va ko’chatlarni sotib olishga;
  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun issiqxonalarni qurish va ta’mirlashga;
  • hunarmandchilik faoliyatini tashkil qilish, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqarish uchun kichik jihozlarni, asboblarni, xomashyoni, materiallarni, yarim fabrikatlarni sotib olishga;
  • xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa maqsadlarga.

Kerakli hujjatlar:

  • Talab qilingan kredit miqdorini ko'rsatgan holda kredit olish uchun ariza;
  • olinayotgan kreditdan foydalanish maqsadlari albatta ko’rsatiladigan biznes-reja;
  • oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs maqomini olgan bo’lsa ta’sis hujjatlari hamda davlat soliq xizmatining mahalliy organi tasdiqlagan, oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisoboti;

Kredit ta’minoti:

  • зmol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar garovi;
  • uchinchi shaxslar kafilligi;
  • bank yoki sug’urta tashkilotining kafolati;
  • qarz oluvchining kreditni so’ndirmasligi xavfi sug’urtalangani to’g’risida sug’urta kompaniyasining sug’urta polisi;

Kredit manbai:

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Davlat jamg’armasi mablag’lari hamda bankning o’z mablag’lari hisobidan beriladi.

Kredit muddati va imtiyozli davr Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan muddatini uzaytirish huquqisiz 2 yilgacha muddatga 6 oy imtiyozli davr bilan ajratiladi. Bankning o’z mablag’lari hisobidan loyihani qoplash muddatidan kelib chiqib 3 yilgacha muddatga ajratiladi.
Kredit miqdori va foizi Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan eng kam ish haqining 150 barobari miqdorida ajratiladi va Markaziy bank qayta moliyalash stavkasida belgilanadi. Shuningdek, bankning o’z mablag’lari hisobidan o’z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi oilaviy tadbirkorlikka eng kam ish haqining 500 (besh yuz) baravari miqdoridan oshmaydigan, yuridik shaxs tashkil etgan oilaviy tadbirkorlikka eng kam ish haqining 1000 (ming) baravari miqdoridan oshmaydigan summada qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida mikrokreditlar ajratiladi. Olinadigan mikrokreditning 50 foizini chorva molini, parranda, urug’lik, ko’chatlar, aralash yem va oilaviy ishlab chiqarishni va maishiy xizmatlarni ko’rsatishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kichik jihozlarni, xomashyo va materiallarni, furniturani sotib olish uchun naqd pulda berilishi mumkin. Naqd pulda berilgan mikrokredit summasi qismini qaytarish va ular bo’yicha foizlarni to’lash majburiy tartibda naqd pulda amalga oshiriladi.

Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?

Online ariza rasmiylashtirish

Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting

Online ariza rasmiylashtirish
Kreditni rasmiylashtirish

Ofislar va bankomatlar

Eng yaqin filialni topish
Mobil ilova Telegram-bot

"Agrobank Mobile" mobil ilovasi

  • Uzcard, Visa, Humo kartalari o'rtasida pul o'tkazish
  • Valyutani onlayn sotib oling
  • Internetda kartalar, omonatlar va hisoblarni boshqarish
Logo App Store Лого Google Play

Telegram-bot "Agrobank Bot"

  • Agrobankga murojaatlarni jo‘natish
  • Valyuta kurslarini ko‘rib chiqish
Telegram-bot