Agrobank.uz

Biz haqimizda

Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 178 ta tuman (shahar) filiali, 248 ta minibanki, 102 ta maxsus kassasi, 231 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. 

Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.

Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.

Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.

«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. 

Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.

Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.

Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.

Bank faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar:

 

Bank missiyasi

Bank missiyasi - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ilg'or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko'rsatishdir.
 

Boshqaruv raisi murojaati

Hurmatli aksiyadorlar! Muhtaram xonimlar va janoblar!

Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy ob’ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ham iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizasiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayapti. Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida to'laqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi.

Agrobank o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, mijozlarga o’zining 178 ta filiali, 248 ta minibanki, 102 ta mahsus kassalari, 233 ta halqaro pul o‘tkazmalari shohobchalari orqali hizmat ko‘rsatib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bugungi kunda Agrobank tomonidan 256 mingdan ortiq yuridik hamda 2.4 millionga yaqin jismoniy shahslarga zamonaviy bank hizmatlari ko‘rsatilayapti. Respublikamiz bank sektorida Agrobank kapitali hajmi va filiallar tarmog‘i soni bo‘yicha ikkita hamda aktivlar miqdori bo‘yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi.

Shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bank faoliyati jahonning nufuzli xalqaro reyting agentliklari hisoblanmish “Moody's” hamda “Fitch Ratings” kompaniyalari tomonidan “barqaror” deb baholandi. Shuningdek, milliy reyting agentligi hisoblanmish “Ahbor-Reyting” tomonidan Agrobankning faoliyati natijalari milliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi bilan baholandi.

O‘tgan hisobot yilida bank tomonidan agrar kompleksni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarga 2 trln. 464 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 37 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Shuningdek , qishloq joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 760 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan yutuqlar zamirida aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz hamda bank o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan haqiqiy hamkorlik yotadi desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

So‘zimning yakunida shuni alohida qayd etmoqchimanki, joriy yilda ham bank o‘z biznes-rejasida belgilangan natijalariga erishgan holda barqaror faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyoti hamda xalq farovonligi yo‘lidagi qator ustuvor vazifalarni amalga oshiradi.

Boshqaruv raisi

 

 

Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar

01.01.2018 yil holatiga bankning asosiy ko'rsatkichlari

Aktivlar
4982 mlrd so'm

Majburiyatlar
3608 mlrd so'm

Kapital
1374 mlrd so'm

Kredit portfeli
3353 mlrd so'm

Depozitlar
1795 mlrd so'm

Daromadlar
1206 mlrd so'm

Aholi omonatlari
988 mlrd so'm

Mijozlar
2.6+ million

01.01.2018 yil holatiga bankning asosiy moliyaviy ko'rsatkichlari dinamikasi (mlrd. so'mda)

 

Bank faoliyatining asosiy ko'rsatkichlariga oid to'laroq ma'lumot bu yerda

Kengash va Boshqaruv a'zolari

Bank Kengashi

F.I.Sh. Egallab turgan lavozimi

Haydarov Axadbek Yaxebekovich

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining birinchi o'rinbosari, Kengash raisi

Urazkulov Ikromjon Abrarkul o'g'li

Moliya Vazirligi huzuridagi qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab quvvatlash jamg'armasini boshqarish departamenti direktori, Kengash raisi o'rinbosari

Ergashev Abdimuxtor Ergashevich

O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining o'rinbosari, Kengash a'zosi

Obidov Askar Akbar o'g'li

O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklshish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari, Kengash a’zosi
Maqsudov Alisher Irkinovich  Uzpaxtasanoat AJ Boshqaruv raisi, Kengash a'zosi

Vafaev Shuxrat Abdusharifovich

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi ijrochi direktori, Kengash a’zosi

Saliev Sherzod Ikromovich

O'zR Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish moliya va bank tizimilarini isloh qilish xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig'ma axborot tahlil departamenti bosh mutaxassisi

Po'latov Farrux Jaxongirovich

"O’zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi, Kengash a’zosi

Norgitov Muxitdin Djuraboevich

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining yuridik xizmat rahbari, Kengash a'zosi

 

Bank Boshqaruvi

Familiya, ismi, sharifi Lavozimi Hafta kunlari Telefon raqami          e-mail
Mamatqulov Rustam O'ktamovich Boshqaruv raisi v.b. Juma 0 371 203 88 88 headoffice@agrobank.uz
Sherov Abduraxmon Sattorovich Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari v.v.b. Juma 0 371 203 88 88 headoffice@agrobank.uz
Achilov Murodjon Azamatovich Boshqaruv raisi o’rinbosari Dushanba-Chorshanba 0 371 203 88 88 headoffice@agrobank.uz
Mirzaev Shuxrat Shaxobiddinovich Boshqaruv raisi o’rinbosari   0 371 203 88 88 headoffice@agrobank.uz
Amanov Ilyos Sidikovich Boshqaruv raisi o’rinbosari v.b. Seshanba-Payshanba 0 371 203 88 88 headoffice@agrobank.uz
Eshmatov Masrur Qurbonovich Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori bank ish kuni 0 371 203 88 88 headoffice@agrobank.uz
Saipov Jamshid Akbarovich Yuridik xizmat departamenti direktori bank ish kuni 0 371 203 88 88 headoffice@agrobank.uz

Bank Boshqaruvi a'zolarining vazifalari


 

Bank strukturasi

Sertifikat va litsenziyalar

 

Bizning qadriyatlar

 

1 MIJOZLAR
Sizning yutug'ingiz - bizning yutug'imiz
2 ISHONCH
Bizning eng qimmatbaho aktivimiz
3 YETAKCHILIK
Ilhom manbai
BIZNING
QADRIYATLAR
4 PROFESSIONALIZM
Mukammal xizmatda aks etgan intilish
5 INNOVATSIYALAR
Zamonaviy bank xizmatlari
6 IJTIMOIY MAS'ULIYAT
Ijtimoiy rivojlantirishdagi hissa

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER