Bank haqida

Agrobankning vazifasi agrar va qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishini ta'minlash, mamlakat qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va fermerlik harakatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.

Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.

Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.

Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.

«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.

Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.

Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.

Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.

Bank Kengashi:

F.I.Sh. Egallab turgan lavozimi
Haydarov Axadbek Yaxyobekovich O’zbekiston Respublikasi Moliya Vaziri o'rinbosari, Kengash raisi
Rustamov Erkin Erkamovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtiodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari Kengash a’zosi
Eshabayev Erkinjon Xolboyevich O‘zbekisto Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig‘i Kengash a’zosi
Ataxanov Bahodir Alisherovich "Raqamli ishonch" raqamli iqdisodiyotni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Kengash a’zosi
Isaqov Odilbek Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari
Vafaev Shuxrat Abdusharifovich Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi ijrochi direktori, Kengash a’zosi
Yusupxodjayev Asil Agzamovich Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Kengash a’zosi
Xamrahudjayev Ne'matjon Yahyoxonovich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqarma boshlig'i Kengash a'zosi
Norgitov Muxitdin Djuraboevich Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining yuridik xizmat rahbari, Kengash a'zosi

Bank Boshqaruvi:

Mamatqulov Rustam O'ktamovich

Boshqaruv Raisi

Telefon raqami

+998711407788
Qabul jadvali: Juma (9: 00-12: 00)

Lavozimi

Boshqaruv Raisi

Tug'ilgan sanasi

1979

Tug'ilgan joyi

Jizzax viloyati, Paxtakor tumani

Millati

O'zbek

Bank sohasida ish staji

20 yil

Joriy lavozimida

2019 yil iyul oyidan

Ma'lumoti

  • Oliy;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti:
  • Tugatgan yili: 2000;
  • O'qish shakli: sirtqi;
  • Mutaxassisligi: Suv xo'jaligda menejment.
Toshkent davlat iqtisodiot universiteti:
  • Tugatgan yili: 2003;
  • Mutaxassisligi: Moliya.
Rasulov Shuxrat Gayratovich

Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari

Qabul jadvali: Juma (14:00-17:00)

Lavozimi

Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari

Tug'ilgan sanasi

1971

Tug'ilgan joyi

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri

Millati

O'zbek

Bank sohasida ish staji

26 лет

Joriy lavozimida

2019 yil iyul oyidan

Ma'lumoti

  • Oliy;
Toshkent davlat agrar universiteti va Nukus filiallari:
  • Tugatgan yili: 1993;
  • O'qish shakli: kunduzgi;
  • Mutaxassisligi: buxgalteriya hisobi, nazorat va xo'jalik faoliyati taxlili.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi:
  • Tugatgan yili: 1999;
  • Mutaxassisligi: Bozor iqtisodiyotining asoslari va tamoyillari.
Qoraqalpoq davlat universiteti:
  • Tugatgan yili: 2009;
  • O'qish shakli: sirtqi;
  • Mutaxassisligi: Yurispendensiya.
Mirzaev Shuxrat Shaxobiddinovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Telefon raqami

+9981505373
Qabul jadvali:Dushshanba-Chorshanba (9:00-12:00)

Lavozimi

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Tug'ilgan sana

1982

Tug'ilgan joyi

Toshkent

Millati

O'zbek

Bank sohasida ish staji

20 yil

Joriy lavozimida

2018 yil noyabr oyidan

Ma'lumoti

  • Oliy;
Toshkent moliya instituti:
  • Tugatgan yili: 2004;
  • O'qish shakli: sirtqi;
  • Mutaxassisligi: Bank ishi.
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot akademiyasining Toshkent filiali magistri:
  • Tugatgan yili: 2007;
  • Mutaxassisligi: Iqtsodiyot.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi:
  • Tugatgan yili: 2009;
  • Mutaxassisligi: Davlat va jamyat qurilishi.
Amanov Ilyos Sidikovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Qabul jadvali: Seshanba-Payshanba (14:00-17:00)

Lavozimi

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Tug'ilgan sanasi

1965

Tug'ilgan joyi

Samarqand viloyati, Nurota tumani

Millati

O'zbek

Bank sohasida ish staji

32 yil

Joriy lavozimida

2019 yil iyun oyidan

Ma'lumoti

  • Oliy;
Marg'ilon xisob-kredit texnikumi:
  • Tugatgan yili: 1986;
  • O'qish shakli: kunduzgi;
  • Mutaxassisligi: Davlat omonat kassalarida hisob, moliya va kredit.
Toshkent moliya istituti:
  • Tugatgan yili: 1995;
  • O'qish shakli: sirtqi;
  • Mutaxassisligi: Davlat omonat kassalarida hisob, moliya va kredit.
Yuldoshov Akrom Oblakulovich

Bosh buxgalter - Bosharuv raisining o'rinbosari vazifasini vaqtincha boshqaruvchi

Ichki no'mer: 11003
Seshanba - Payshanba ( 09.00-12.00)

Lavozimi

Bosh buxgalter - Bosharuv raisining o'rinbosari vazifasini vaqtincha boshqaruvchi

Tug'ilgan sanasi

1984

Tug'ilgan joyi

Toshkent viloyati, Bokinskiy tumani

Millati

O'zbek

Bank sohasida ish staji

12 yil

Joriy lavozimida

2019 yil iyul oyidan

Ma'lumoti

  • Oliy;
Toshkent arxitektura qurilish instituti:
  • Tugatgan yili: 2004;
  • O'qish shakli: kunduzgi;
  • Mutaxassisligi: Injenerlik kommunikatsiyalari qurilishi.
Toshkent moliya instituti:
  • Tugatgan yili: 2009;
  • O'qish shakli: sirtqi;
  • Mutaxassisligi: Buxgalteriya hisobi va audit.
Saipov Jamshid Akbarovich

Yuridik departament direktori - Boshqaruv a'zosi

Ish kunlari

Lavozimi

Yuridik departament direktori - Boshqaruv a'zosi

Tug'ilgan sanasi

1979

Tug'ilgan joyi

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani

Millati

O'zbek

Bank sohasida ish staji

16 yil

Joriy lavozimida

2015 yil avgust oyidan

Ma'lumoti

  • Oliy;
Toshkent davlat yuridik instituti:
  • Tugatgan yili: 2001;
  • O'qish shakli: kunduzgi;
  • Mutaxassisligi: Huquq.

Agrobank o‘z faoliyati jarayonida iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirish, aholining erkin pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish, filiallar tarmog‘i va mijozlar bazasini oshirish, xizmat turlarini oshirish, bank biznes-rejasi va byudjetining belgilangan asosiy parametrlarini bajratish masalalariga asosiy e’at beradi.

Ta’kidlash joizki, Agrobank rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan respublikamizning eng yirik tijorat banklaridan biri sifatida iqtisodiyotning real sektorini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘ini har tomonlamoqda ham.

Agrobank o‘z faoliyati jarayonida iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirish, aholining erkin pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish, filiallar tarmog‘i va mijozlar bazasini oshirish, xizmat turlarini oshirish, bank biznes-rejasi va byudjetining belgilangan asosiy parametrlarini bajratish masalalariga asosiy e’at beradi.

a’kidlash joizki, Agrobank rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan respublikamizning eng yirik tijorat banklaridan biri sifatida iqtisodiyotning real sektorini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘ini har tomonlamoqda ham.

Bank missiyasi
Bank missiyasi - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ilg'or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko'rsatishdir.
Bank tarixi
  • 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
  • 1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.
  • 1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.
  • 1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.
  • 1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
  • 1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.
  • 1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.
  • 1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .
  • 2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.
  • 2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
  • 2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
  • 2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.
  • 2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.
  • 2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklar aro tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.
  • 2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
  • 2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
  • 2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.
Boshqaruv raisi murojaati
Hurmatli aksiyadorlar! Muhtaram xonimlar va janoblar!!

Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi.

Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy ob’ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida to'laqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi.

Agrobank o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, mijozlarga o’zining 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Boshqacha aytganda, bugungi kunda Agrobank tomonidan 256 mingdan ortiq yuridik hamda 2.4 millionga yaqin jismoniy shaxslarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilayapti. Respublikamiz bank sektorida Agrobank kapitali hajmi va filiallar tarmog‘i soni bo‘yicha ikkita hamda aktivlar miqdori bo‘yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi.

Shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bank faoliyati jahonning nufuzli xalqaro reyting agentliklari hisoblanmish “Moody's” hamda “Fitch Ratings” kompaniyalari tomonidan “barqaror” deb baholandi. Shuningdek, milliy reyting agentligi hisoblanmish “Ahbor-Reyting” tomonidan Agrobankning faoliyati natijalari milliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi bilan baholandi.

O‘tgan hisobot yilida bank tomonidan agrar kompleksni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarga 2 trln. 464 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 37 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Shuningdek , qishloq joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 760 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan yutuqlar zamirida aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz hamda bank o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan haqiqiy hamkorlik yotadi desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

So‘zimning yakunida shuni alohida qayd etmoqchimanki, joriy yilda ham bank o‘z biznes-rejasida belgilangan natijalariga erishgan holda barqaror faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyoti hamda xalq farovonligi yo‘lidagi qator ustuvor vazifalarni amalga oshiradi.


Boshqaruv raisi