Özbek alifbosiga oid qonunga özgartiriş kiritildi
21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Davlat rahbari tomonidan “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Qonunga özgartiriş kiritildi.
Qonunga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi.
Mazkur özgarişlar ona tilimizning raqamli muhitdagi imkoniyatlarini kengaytiriş, yozuv va imlo qoidalarini takomillaştirişga xizmat qiladi.
Agrobank tizimida ham takomillaştirilgan alifboga bosqiçma-bosqiç ötiş böyiça tayyorgarlik işlari boşlangan. Bu jarayon qonunçilikda belgilangan muddatlar va tartib asosida amalga oşiriladi.