Tibbiyot xodimlari — bayramingiz muborak bölsin!

Matbuot xizmati ·

Kunning istalgan vaqtida – butun şahar uyquga çömgan sokin tunda ham, köçalar gavjum bölgan çaroğon kunda ham, bizga yordam kerak bölgan har bir lahzada tibbiyot xodimlari hamişa xizmatga şay turadi.


Inson salomatligi va hayoti yölidagi xizmatingizning bahosi beqiyos. Sizlarni bejizga “oq xalatli fariştalar” deb ta’riflaşmaydi. Zero, sizning bilim va mahoratingiz, mehringiz va fidoyiligingiz köplab insonlarga umid va işonç bağişlaydi.


Bugun sizlarga şunçaki rahmat aytiş emas, balki har bir sa’y-harakatingiz, bedor ötgan tunlaringiz, inson hayoti uçun keçgan kuraşlaringiz oldida ta’zim qiliş kuni. Zero, sizning birgina mehrli sözingiz kimgadir dalda, birgina sa’y-harakatingiz esa butun bir oilaga quvonç va umid bağişlaydi.


Siz bor ekansiz, insonlar qalbida ertangi kunga işonç, hayotga muhabbat va umid bor. Buning uçun sizga çeksiz minnatdorlik bildiramiz!


Siz şifo ulaşgan insonlarning qayta tabassum qilgan yuzlari va hayotga qaytgan umidlari sizga eng katta mukofotdir. Maşaqqatli mehnatingiz, insoniyligingiz va fidoyiligingiz uçun rahmat!