RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Agrobank logotipidan foydalangan holda bank axborot tizimlariga kiberhujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
O‘rganishlar davomida mazkur xabarlarning xalqaro kiberjinoyatchilik guruhlari bilan aloqadorligini tasdiqlovchi dalillar aniqlanmadi. Shuningdek, tarqatilgan materiallar bank tizimlariga kiberhujum qilingani yoki mijozlar ma’lumotlari sizib chiqqanini tasdiqlamaydi.
Agrobank mazkur holatni nazoratga olgan bo‘lib, axborot xavfsizligi bo‘yicha doimiy monitoring olib bormoqda.
Mijozlarimizdan asossiz xabarlarga ishonmaslikni hamda ma’lumotlarni faqat bankning rasmiy axborot manbalaridan olishni so‘raymiz.