Namanganda öquvçilar uçun moliyaviy savodxonlik tadbiri taşkil etildi

Matbuot xizmati ·

“Agrobank” ATB Namangan viloyati boşqarmasida Global Money Week Uzbekistan 2026 doirasida “Jamğariş va omonat” loyihasiga bağişlangan tadbir taşkil etildi.


Tadbir Özbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Agrobank” ATB hamkorligida ötkazildi.


Loyiha Namangan viloyatining 5 ta tumanidagi 5 ta maktab öquvçilarini qamrab olib, yoşlarda jamğariş madaniyatini şakllantiriş, mablağlarni oqilona boşqariş va moliyaviy qarorlar qabul qiliş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan.


Tadbir davomida öquvçilarga şaxsiy moliyani rejalaştiriş, daromad va xarajatlarni boşqariş hamda jamğarma şakllantirişning ahamiyati haqida tuşunçalar berildi.