Agrobank Kuzatuv kengaşining yangi a’zolari bankning strategik rivojlaniş yönalişlari bilan tanişdi

Matbuot xizmati ·

Agrobank Kuzatuv kengaşining yangi a’zolari bilan bank faoliyatining strategik yönalişlari muhokama qilindi


Unda bankning joriy moliyaviy-iqtisodiy holati, asosiy faoliyat körsatkiçlari, strategik rivojlaniş yönalişlari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


Muloqot davomida bankning asosiy biznes yönalişlari böyiça taqdimotlar ötkazilib, mavjud dolzarb masalalar va ularning yeçimiga qaratilgan çora-tadbirlar muhokama qilindi.


Şuningdek, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari tomonidan Agrobank korporativ boşqaruvi faoliyati yuzasidan ötkazilgan diagnostika natijalari va işlab çiqilgan yöl xaritasi böyiça ma’lumot berildi.


Kuzatuv kengaşining yangi a’zolari bankning taşkiliy tuzilmasi, asosiy biznes yönalişlari uçun mas’ul tarkibiy bölinmalar hamda Kengaş qömitalarining faoliyati bilan taniştirildi.


Davra suhbati davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari aksiyadorning Kuzatuv kengaşi faoliyatidan kutayotgan natijalari, uning oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan öz fikr va qaraşlarini bildirdi.


Uçraşuvda, şuningdek, korporativ boşqaruv samaradorligini oşiriş, bank faoliyatini yanada rivojlantiriş hamda belgilangan strategik maqsadlarga erişiş masalalariga e’tibor qaratildi.